Namanganlik sobiq deputat Olimjon To‘xtanazarov sud zalidan oilasi bag‘riga qaytgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura ushbu ish yuzasidan izoh berdi, deya ma’lum qiladi O‘zA.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tumani sudining 2019-yil 5-fevraldagi hukmi bilan O.To‘xtanazarovning qilmishi JK 168-moddasi 3-qismi “v” bandidan 168-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.
U 168-moddasi 1-qismi, 211-modda 1-qismi bilan aybli, deb topilgan. 45, 57-moddalarni qo‘llab 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish, 2 yil 8 oy 31 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Sobiq deputatning oilaviy sharoiti va yagona boquvchiligi inobatga olingan.
Izoh (0)