3-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-tur bahslari doirasida navbatdagi 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Luchano Spaletti qo‘l ostidagi Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida “Bolonya”ni qabul qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 33-daqiqada mehmon jamoa hujumchisi Federiko Santander tomonidan kiritildi.
Shu tariqa “Inter” o‘z maydonida “Bolonya” klubiga kichik hisobda mag‘lub bo‘lib, 3 ochkoni qo‘ldan boy berdi.
Turning markaziy o‘yinida Eusebio Di Franchesko boshliq “Roma” klubi Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” jamoasi bilan kurash olib bordi.
1-bo‘limning 26-daqiqasida “Jenoa”dan “Milan” tarkibiga yaqinda kelib qo‘shilgan Kshishtof Pyontek hisobni ochdi (1:0).
2-bo‘limning dastlabki daqiqalarida (46) “Roma” yarim himoyachisi Nikolo Zaniolo Janluiji Donnarumma qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi (1:1).
Murosasiz kechgan bahs durang bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” 36 ochko to‘plagan holda 4, “Roma” esa 5-o‘rinda bormoqda (35).
A Seriya
22-tur bahslari
3-fevral, yakshanba
SPAL—“Torino” 0:0
“Jenoa”—“Sassuolo” 1:1
Gollar: 0:1 — 28 Dyurichich, 1:1 — 41 Sanabria.“Udineze”—“Fiorentina” 1:1
Gollar: 1:0 — 56 Larsen, 1:1 — 65 Fernandes.“Inter”—“Bolonya” 0:1
Gol: 0:1 — 33 Santander.“Roma”—“Milan” 1:1
Gollar: 0:1 — 26 Pyontek, 1:1 — 46 Zaniolo.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)