O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmatining xabar berishicha, 2019-yilning 30-yanvar kuni “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirish, chiqish, mamlakatda bo‘lish va tranzit o‘tish tartibi” mavzusida seminar mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi vizalarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari (TIV), xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga/dan kirish/chiqish huquqi bo‘yicha hujjatlar (DXX ChQ), tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibi (Davlat bojxona qo‘mitasi), xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda bo‘lish qoidalari (IIV) va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish (Davlat turizm qo‘mitasi) kabi tushunchalar bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Seminar davomida muzokaralar tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashdi.
Seminar mashg‘ulotda jurnalistlar korpusi, sayyohlik operatorlari, tadbirkorlar va turistik faoliyatga daxldor 150 dan ortiq odam ishtirok etdi.
Izoh (0)