Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikistonning Xatlon viloyati sudi xotinining o‘limida aybdor deb topilgan Vaxsh tumani ichki ishlar bo‘limi sobiq xodimini 19 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

2018-yil 8-sentabrda Vaxsh tumanining Ro‘dakiy jamoatida yashovchi Tursunjon Aminjonova o‘z uyida o‘qotar quroldan otib o‘ldirilgandi. Tuman prokuraturasi ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilib marhumaning turmush o‘rtog‘i, tuman IIB katta inspektori Nabijon Holiqzodani qo‘lga oldi.

Vaxsh prokurori Salohiddin Ismoilzodaga ko‘ra, u mazkur qotillikni oilaviy janjal tufayli amalga oshirgan.

“U xotiniga o‘sha kuni xizmat topshirig‘i uchun olgan tabel qurolidan o‘q uzgan. Qotillik voyaga yetmagan o‘g‘lining ko‘z o‘ngida sodir etilgan”, — dedi prokuror.

Holiqzodaning ikkinchi xotini ham borligi, militsiya xodimi unga ham qurol va pichoq yordamida tahdid qilgani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi