Hindiston hukumati dunyoning eng baland haykali yonida joylashgan suv omboridan 300 ta timsohni ko‘chira boshlagan, bunga sabab tashrif buyuruvchilarni gidrosamolyotlar bilan ta’minlab berishdan iborat, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Uch metrli timsohlar metall panjaralarga joylanib, g‘arbiy Gujarot shtatidagi yangi joyga ko‘chirilmoqda. O‘nga yaqin timsohlar ko‘chirib o‘tkazilgan.
Hayvon himoyachilari yovvoyi tabiat qonuni buzilgani sababli mahalliy hukumatning rejasini tanqid qilgan.
Mustaqillik qahramoni Sardor Vallabhboy Patelning 182-metrli haykali o‘tgan yilning oktabrida ochilgan edi. U Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalidan ikki barobarga katta.
Shtatning asosiy shahri Ahmadoboddan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan bronza haykal sayyohlar orasida mashhur osori atiqa bo‘lgan. Biroq mazkur hududga poyezdlar qatnamasligi sabab bu yerga avtobusda boriladi.
Izoh (0)