Diplomat Alisher Abdualiyev Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi “Gazeta.uz” hukumatdagi axborot manbasiga tayanib.
Alisher Abdualiyev — Toshkent davlat universiteti bitiruvchisi. Mehnat faoliyatini 1989-yilda ushbu OTMdagi siyosiy iqtisod kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan.
1992−1995-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida faoliyat ko‘rsatdi. 1992−2012-yillarda Vazirlar Mahkamasida ham ish olib bordi. 2006-yilda Prezident farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Tayinlovga qadar 2012-yildan O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
Izoh (0)