Toshkentda 2019-yilda Moskva energetika institutining (“MEI”) filialini ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining qarori loyihasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“MEI” filialida o‘qitish RFda tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha rus tilida olib boriladi. Talabalarni qabul qilishni 2019/2020-o‘quv yilidan boshlash rejalashtirilmoqda.
OTM bitiruvchilariga Rossiya namunasidagi diplom beriladi, u O‘zbekistonda oliy ta’lim hujjati deb tan olinadi. Davlat grantlari asosida o‘qigan talabalar respublikaning energetika sohasidagi tashkilot va korxonalarida besh yildan kam bo‘lmagan muddat ishlab berishga taqsimlanadi.
Ta’lim ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Elektroenergetika va elektrotexnika
- Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi
Izoh (0)