Rossiya Tergov qo‘mitasi Surgut—Moskva reysi yo‘lovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U qurol bilan tahdid qilib, samolyotni Afg‘onistonga yo‘naltirishni talab qilgan edi. Bu haqda boshqarma saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, “zo‘ravonlik qo‘llash tahdidi bilan samolyotni olib qochish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hodisa vaziyatlarini aniqlash uchun kuchaytirilgan tergov-operativ guruhi tashkil etilganligi, Federal xavfsizlik xizmati xodimlari operativ kuzatuvni amalga oshirayotganligi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq reys yo‘lovchisining talabi sababli Boeing-737 layneri Xanti-Mansiyskda shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)