Jangarilarning Malidagi BMT lageriga hujumi oqibatida Chaddan kelgan 10 nafar tinchlikparvar halok bo‘ldi.Yana kamida 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 20-yanvar kuni tongda BMTning Kidal provinsiyasi, Agelxuk shahridagimissiyasi bazasida ro‘y berdi. Hujumni “Al-Qoida” guruhi bilan bog‘liq jangarilar amalga oshirgani, ulardan bir necha nafari jang davomida o‘ldirilgani bildirilmoqda.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mazkur hujumni qoraladi va buni tashkillaganlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Izoh (0)