Futbol bo‘yicha 2002-yilgi jahon chempionati g‘olibi, “Barselona” hamda “Milan” klublari sobiq yarim himoyachisi Rivaldo Marokashga ishga taklif qilindi.
Sky Sports’ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 46 yoshli Rivaldo Marokash chempionatining 3-divizionidagi “Shabab Muhammadiya” klubida mavsum yakuniga qadar texnik maslahatchi sifatida ishlaydi.
Agarda klub ikkinchi ligaga chiqa olsa, keyingi mavsumda braziliyalik jamoaning bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Rivaldo 1999-yilda “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritgan, bundan tashqari FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Rivaldo 2008/2010-yillarda Toshkentning “Bunyodkor” klubida ham to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)