Bugun, 17-yanvar kuni soat taxminan 18:40 da Toshkent shahrining Uchtepa tumani 23-dahasida joylashgan 20-ko‘p qavatli uy balkonlari qulab tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
5-qavatdan 2-qavatgacha ustma-ust joylashgan to‘rtta xonadonning balkonlari qulab tushgan.
Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Qayd etilishicha, balkonlar vayron bo‘lishining asosiy sababi — g‘ishtdan qurilgan devor isitilishi tufayli osma balkon konstruksiyasining buzilishi.
Izoh (0)