17-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi “F” guruhida 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
So‘nggi turda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa favoritlardan biri Yaponiya termasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida Eldor Shomurodov o‘ng qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va ikki nafar futbolchini aldab, o‘ng oyog‘i bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu Eldorning musobaqadagi 4-goli bo‘ldi.
Oradan 3 daqiqa o‘tib, Yoshinori Muto Sei Muroya uzatmasini boshi bilan Ignatiy Nesterov darvozasiga kiritdi (1:1).
2-bo‘limning 58-daqiqasida Tsukasa Shiotani uzoq masofadan kuchli zarb bilan darvozani ishg‘ol qildi (2:1).
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruh bahslarini 2-o‘rinda tugalladi. Endi O‘zbekiston termasi musobaqaning 1/8 finalida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Ummon termasi Turkmaniston terma jamoasi bilan bellashdi.
1-bo‘limning 20-daqiqasida Al-Maxajiriy Ahmad Muborak hisobni ochgan bo‘lsa (1:0), 41-daqiqaga kelib Altimurod Annadurdiyev hisobni tenglashtirdi (1:1).
84-daqiqada Muhsin al-Hassaniy arablarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida (90) Muhammad al-Musalamiy jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa guruhda 3 ochko bilan 3-o‘rin sohibi bo‘lgan Ummon ham pley-offga yo‘l oldi.
Osiyo Kubogi—2019
“F” guruhi, 3-tur
17-yanvar, payshanba
Yaponiya—O‘zbekiston 2:1
Gollar: 0:1 — 40 Shomurodov, 1:1 — 43 Muto, 2:1 — 58 ShiotaniUmmon—Turkmaniston 3:1
Gollar: 1:0 — 20 Ahmad Muborak, 1:1 — 41 Annadurdiyev, 2:1 — 84 Muhsin al-Hassaniy, 3:1 — 90 al-Musalamiy.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)