“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avikompaniya Boeing-787 Dreamliner samolyotlari ishdan chiqqani haqida xabarlarga rasmiy axborot berdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.
Xabarda aytilishicha, Uzbekistan Airways xalqaro standartlarga muvofiq parvozlarni bajarishda davom etmoqda, Uzbekistan Airways aviaparki tarkibidagi barcha havo kemalari rejali texnik ko‘rik va modifikatsiyadan doimiy ravishda o‘tkaziladi, bu vaqtida samolyotlar reyslardan olinadi
“Milliy aviakompaniya yo‘lovchilari o‘rgangan darajadagi parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu jarayonlar yangi havo kemalariga, jumladan, Boeing-787 Dreamliner’ga ham qo‘llaniladi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Shuningdek, bu borada noto‘g‘ri ma’lumot tarqalishining oldini olish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan Boeing va General Electric kompaniyalari vakillari ishtirokida brifing tashkil etiladi.
Avvalroq, Uzbekistan Airways’ga qarashli yana bir Dreamliner ishdan chiqqani xabar bergan edik.
Izoh (0)