Futbol qiroli, braziliyalik Pele PSJ hujumchisi Kilian Mbappega yuqori baho berdi, deb yozadi France football.
“Mbappe 19 yoshida jahon chempioni bo‘ldi, men esa bu natijaga 17 yoshimda erishganman. Lekin aytganimdek, u men bilan deyarli tenglashib oldi.
U yangi Pele bo‘lishi mumkin, deb o‘ylayman! Ko‘pchilik buni kulgi uchun aytdim deb o‘ylaydi, lekin bu hazil emas”, — deydi Pele.
Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi joriy mavsumda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta golga mualliflik qildi va 8 ta golga uzatma berdi.
Izoh (0)