Toshkent shahri Uchtepa tumani bosh imomi va “Cho‘pon ota” jome masjidi imom-xatibi Quvondiq domla Boymurodovning otasi Rajab hoji ota Boymurodov vafot etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildirdi.
“Alloh marhum hoji otani mag‘firat qilsin, savob amallari bilan qabrlarini nurga to‘ldirsin, joylarini jannatda qilsin. Marhumning yaqinlariga Alloh sabri jamil bersin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)