Sankt-Peterburg viloyatining Zelenogorsk shahrida 39 yoshli o‘zbekistonlik ayol sovuq qotib halok bo‘lgan. Bu haqda Piter-TV xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, qattiq sovuq qotgan o‘zbekistonlik ayolni shahar ko‘chalarining birida uchratishgan. Shifokorlar yordamiga qaramasdan ayol voqea joyida vafot etgan.
Ayolning o‘limi bilan bog‘liq holat bo‘yicha shahar politsiyasi tomonidan tergov-surushturuv ishlari boshlab yuborilgani atilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Peterburgga 2018-yilda kelgan.
Izoh (0)