Rivojlanish strategiyasi markazi 2018-yilda o‘tkazilgan islohotlar natijalari bo‘yicha jamoatchilik fikri so‘rovnomasini o‘tkazdi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
So‘rovnoma davomida mamlakatda 2018-yilgi taraqqiyot natijalari to‘g‘risidagi savollar berildi. Jumladan, taraqqiyotning beshta ustuvor yo‘nalishi islohotlari va jamiyatdagi boshqa muhim o‘zgarishlarga baho berildi.
So‘rovnomada respublikaning barcha viloyatlaridan 9 440 kishi ishtirok etdi. Shuningdek, unda xorijda yashayotgan 130 nafar o‘zbekistonlik ham qatnashdi.
Iqtisodiyotning qaysi sohalari 2018-yilda eng ijobiy o‘zgarishlarga uchraganligi haqidagi savolga so‘rovnoma ishtirokchilarining katta qismi turizm sohasi deb javob bergan.
Turizmni rivojlantirish — 7 597 (80,4 foiz)
Investitsion muhitni yaxshilash — 6 971 (73,8 foiz)
Bank-moliya sohasini rivojlantirish — 6 952 (73,6 foiz)
Hududlarni rivojlantirish — 6 356 (67,3 foiz)
Soliqqa tortish tizimini takomillashtirish — 5 799 (61,4 foiz)
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish — 5 724 (60,6 foiz).
Izoh (0)