Joriy yil boshida 11,4 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Tuyabo‘g‘iz” suv ombori qoshida barpo etilayotgan kichik gidroelektrostansiya foydalanishga topshiriladi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, joriy yilda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani Katta Farg‘ona kanali qoshida barpo etilayotgan kichik GESlar kaskadi ham ishga tushiriladi. Mazkur gidroelektrstansiyasining umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 12 megavattni tashkil etadi.
“Shahrixon GESlar kaskadi” Janubiy Farg‘ona kanali-1 dagi olib borilayotgan modernizatsiya ishlari ham joriy yil boshida to‘liq tugallanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)