Toshkent farmatsevtika instituti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston farmatsevtlari assotsiatsiyasi tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi – Respublika farmatsevtlarini birlashtirish, farmatsevtika sohasidagi ishlab chiqarish jarayoni, aholini dori vositalari bilan ta’minlash muammolarini hamkorlikda hal etish, klinitsistlar va klinik farmakologlardagi muammolarni global jarayonini qo‘shgan holda yechish va innovatsion ishlarni tashkil qilishdan iboratdir.
O‘zbekiston farmatsevtlar assotsiatsiyasi O‘zbekiston Adliya vazirligida Nodavlat- notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Izoh (0)