France Football talqiniga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham mamlakatning 2018-yildagi eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etildi.
O‘tgan yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida 50 yoshli mutaxassis boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi chempionlikka erishgandi.
Ushbu sovrinni Desham 2003 va 2010-yillarda ham qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, FIFA talqini bo‘yicha, Desham 2018-yilning eng yaxshi murabbiyi hamda IFFHS talqiniga ko‘ra, eng yaxshi terma jamoa bosh murabbiyi deya e’tirof etildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)