Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 4-yanvar kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Ayollar ijtimoiy moslashuv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur markaz faoliyati zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgan ayollarga ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
Markazda ruhshunos, yurist, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u yerga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar ko‘rsatiladi. Zarur hollarda ayollarga kasb-hunar o‘rgatilib, ularning ijtimoiy moslashishlari uchun imkoniyat yaratiladi.