Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahrining to‘rtta ko‘cha va chorrahasiga 15-yanvardan onlayn ishlovchi avtomatlashtirilgan foto va video kameralar ishga tushiriladi. Bu haqida «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, Registon ko‘chasida joylashgan “Registon maydoni majmuasi” qarshisidagi piyodalar o‘tish joyiga, Mirzo Ulug‘bek—Bo‘stonsaroy, Mirzo Ulug‘bek—Shoxrux va Mir Said Baraka—Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishgan chorrahalarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va videokuzatuv vositalari o‘rnatildi.

Kameralar orqali yo‘l harakati qoidalari, ya’ni transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish, svetofor ishorasiga bo‘ysunmaslik, yo‘l chizig‘i va belgilariga amal qilmaslik kabi qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan doimiy choralar qo‘llanilishi joriy etiladi.

Shu bilan birga viloyat ko‘chalarida onlayn tizimida ishlayotgan to‘rtta “Arena” rusumli tezlikni o‘lchash uskunalari mavjud va ular yordamida bugungacha 39 mingga yaqin qoidabuzarliklar aniqlangan.

Samarqand shahrida 2019-yilda barcha chorrahalarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova