Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanidagi “Jana qal’a” ovulida qoramollar nobud bo‘lmoqda. Ovulda yozdan beri 50 dan ortiq mol harom o‘lgan, deya xabar beradi “Kar24.uz”.

Foto: “Kar24.uz”

Foto: “Kar24.uz”

“Qoramollarning o‘lishi yozda boshlanib, birdan to‘xtagan edi. So‘nggi ikki oydan beri bu holat yana qaytalandi. Aholi tashvishga tushmoqda. ’Qorason’, ’mol shamollashi’ bo‘lsa kerak deb, yangilishgan ekanmiz”, — deydi OFY kotibi Yerpo‘lat Musinov.

Tuman veterinariya bo‘limi maxsus vaksinaga buyurtma bergan — shu bilan ko‘ngilsiz holatga barham berilishiga umid qilinmoqda. Qonliko‘l tumani veterinariya bo‘limi boshlig‘i Dauran Xudaybergenovning aytishicha, hududda avvallari bunday kasallik kuzatilmagan.

“Tumanga Mo‘ynoqdan sotish uchun ko‘p qoramol olib kelinadi. Menimcha, bu kasallik sotish uchun olib kelinayotgan mollardan yuqyapti. Ayni paytda qoramollarda ’pastrelioz’ kasalligi belgilari kuzatilmoqda. Bunda qoramollarning qoni kamayib ketadi va bu o‘limga sababchi bo‘ladi”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik 
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi