Joriy yilning 2-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Andijon shahrida “Jumabozor” MFYda joylashgan Andijon tumanida yashovchi K.A.ga tegishli Paynet shoxobchasi eshigini buzib kirib, u yerdan 3 mln 350 ming so‘m puli va vaucher to‘lov kartalarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Kalandarxon” MFYda yashovchi Sh.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)