3-yanvar kuni Madaniyat vazirligida yilning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ushbu yig‘ilishda barcha vazirlik boshqaruv apparati xodimlari hamda Toshkent shahridagi tizim tashkilotlari rahbarlari bilan yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga to‘xtaldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda, o‘tgan yili bir qator O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qaror hamda farmoyishlari asosida, ya’ni 2019-yilda sohani rivoji yo‘lida belgilab berilgan topshiriq va vazifalarning ijrolari yuzasidan mas’ullar bilan ijro muddatlari kelishib olindi.
Shu bilan birga, vazir tomonidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi R.Glier, V.Uspenskiy va RIMSALda damli cholg‘u yo‘nalishi bo‘yicha sinflarni ko‘paytirish topshirig‘i berildi.
Bolalar musiqa va san’at maktablarida dars berayotgan musiqa o‘qituvchilarini 2019-yilda maxsus sirtqi o‘qish tizimini joriy etish taklifi berildi, chunki respublika bo‘yicha bu yo‘nalishda dars berayotgan muallimlar soni 36 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat sirkining 2018-yilgi ish faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi hamda tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi.
Izoh (0)