26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-tur bahsida “Yuventus” mehmonda “Atalanta” bilan durang natija qayd etdi (2:2).
33 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu 2-bo‘limning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, 78-daqiqada hisobni tenglashtirdi (2:2) va jamoani muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Bu futbolchining joriy mavsum A Seriyadagi 12-goli hisoblanadi. Ronaldu 18 ta o‘yinda “gol+pas” tizimida 18 ochko (12+6) to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
U bu ko‘rsatkichda yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchisi “Sampdoriya”ning 35 yoshli hujumchisi Fabio Kualyarell hisoblanadi. Uning hisobida 16 ochko (11+5) mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)