O‘zbekistonda 2018-yilning yanvar-sentabr oyida ishsizlik darajasi 9 foizni tashkil qildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Daryo” muxbiriga ma’lum qildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan O‘zbekistonning 72 ta shahar va tumanlarida 360 ta o‘zini o‘zi boshqarish organi, 3 600 ta uy xo‘jaligi va 18 016 nafar fuqaroni qamrab olgan keng ko‘lamli ijtimoiy tekshiruv ishlarini amalga oshirilgan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, ishsizlik darajasining eng yuqori natijasi Surxondaryo (9,6%), Samarqand (9,5%), Qashqadaryo (9,5%) hamda Farg‘ona (9,4%) viloyatlarida qayd etilgan. Toshkent shahrida ishsizlik darajasi 7,5 foizni tashkil qilib, eng past natijani qayd etgan. Umumiy hisobda ish bilan ta’minlanishi zarur bo‘lgan aholi 1 307,6 ming kishini tashkil qilmoqda.
Izoh (0)