17-dekabr kuni Buxoro viloyatining Qahramon mahallasida yashovchi B.R. IIBga murojaat qilgan, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Murojaatda B.R. 5-dekabr kuni akasi R.B. Rossiyadan qaytayotganda avtomashina haydovchisi N.X. va yo‘lovchi S.N.lar Qozog‘istonga yetib kelganlarida o‘zaro janjal sabab R.B.ning bosh hamda tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgani haqida ma’lum qilgan.Natijada R.B. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida N.X. va S.N.lar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)