Navoiy shahrida Davlat xizmatlari markazi ochildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yangi markazda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish, tadbirkorlarga boj to‘lovlarini amalga oshirish, fuqarolik biometrik pasportini berish, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
“Agar kutilmaganda mobil telefon yoki planshetingiz zaryadi tugab qolsa, uni to‘ldirish imkoni ham yaratildi. Yangi Davlat xizmatlari markazi gadjetlarni zaryadlash uchun maxsus stansiyalar bilan jihozlangan. Ha, biz so‘nggi tendensiyalardan ortda qolganimiz yo‘q”, – deyiladi agentlik xabarida.
Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazi noan’anaviy arxitektura yechimli 4 qavatli binoda joylashgan.
Izoh (0)