Bugun, 19-dekabr kuni jahon bozorida neft narxlari sezilarli darajada tushib ketdi. Bu haqda birjalardagi savdo natijalaridan ko‘rinib turibdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Brent markasining qiymati barreliga ICE Futures London birjasida 3,15 foizga, $57,73 dollargacha tushib ketgan.
O‘z navbatida, WTI markasining qiymati barreliga 3,21 foizga $48,61 arzonlashgan.
Analitiklarga ko‘ra, prognoz ko‘rsatkichlarda narxlarning tushib ketishi neft qazib olishda o‘sish suratlari bilan bog‘liq.
Izoh (0)