O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev hamrohligida O‘shdagi Alisher Navoiy nomidagi maktabga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Sputnik.
Hukumat rahbarlari 2018-yilda ochilgan maktabning o‘quv koprusi, oshxonasi, tantanalar zali va sport maydonchalarni ko‘zdan kechirishdi. Ushbu maktabning qurilishi va jihozlanishi uchun O‘zbekiston hukumati mablag‘ ajratgan.
Abdulla Aripov chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyurgan. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikki davlat bosh vazirlari bayonnoma va savdo-iqtisodiy va investitsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish “yo‘l xaritasi”ni imzolashdi.
“Yo‘l xarita”da savdo, sanoat kooperatsiyasi, karantin, veterinariya sohalari, banklararo hamkorlik qilish, bojxona tartibotlari soddalashtirish masalalarni o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)