Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida mamlakat davlat bayrog‘i ulkan ko‘rinishda qad rostladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bayroqning balandligi tutqichi va ustuni bilan birgalikda 62,5 metr, og‘irligi — 20 tonna. O‘rnatish ishlariga jami 1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Davlat ramzi o‘rnatilgan hududda ayni paytda “Qurilish invest Zarafshon” xususiy korxonasi bunyodkorlari tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqand shahrida 60 metr balandlikda bayroq o‘rnatilayotgani, uning bo‘yi 20 metr, eni 10 metrga teng bo‘lishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)