O‘zbekistonlik o‘smir yigit Moskvada o‘z joniga qasd qildi, bundan oldin esa u onlayn-translyatsiya olib bordi, deb yozadi Sputnik. Hodisa 16-dekabr kuni yuz berdi.
Yigitcha shu kuni spirtli ichimliklar ichib olib, kechqurun turar joyning 16-qavatiga chiqdi va ijtimoiy tarmoqda to‘g‘ridan to‘g‘ri videoefir olib bordi. Uning tomoshabini bo‘lgan ikki kishiga o‘smir “hamma narsadan to‘yib ketgani” haqida gapirdi.
Izohchilardan biri yigitni so‘nggi qadamdan qaytarishga uringan, ikkinchisi, aksincha, uni qo‘llab-quvvatlagan. Jonli efir ikki soatcha davom etgan, uning oxirida o‘smir so‘nggi qadamni qo‘ygan.
14 yoshli maktab o‘quvchisi to‘liq oilada yashagan. Otasi O‘zbekiston fuqarosi, onasi — Rossiya fuqarosi (asli o‘zbekistonlik) bo‘lib, kassir bo‘lib ishlagan. Oila O‘zbekiston va Rossiya orasida ko‘p ko‘chib yurgan. Bola oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan va maktabini tez-tez o‘zgartirgan.
Izoh (0)