Samarqand shahrida 60 metr balandlikda bayroq o‘rnatilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bayroqning bo‘yi 20 metr, eni 10 metrga teng bo‘ladi.

Foto: Baxtiyor Mustanov

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, maxsus buyurtma bilan tikilgan bayroqning og‘irligi 30-40 kilogramm bo‘lsa, ustunning vazni 20 tonnadan ortiq.

Foto: Baxtiyor Mustanov

Ayni paytda bu yerda Toshkent shahridagi “Bektemir metall konstruksiya” korxonasi quruvchilari tomonidan ulkan bayroqni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.