Amerika sudyalari va tergovchilari bir qator tuzilmalar hisoblarini o‘rganmoqda. Tekshiruv AQSh prezidenti Donald Tramp oxirgi 10 yilda boshqargan deyarli barcha tashkilotlarda o‘tkazilmoqda. Bu haqda 15-dekabr kuni The Washington Post xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Trump Organization kompaniyasi Amerika sudlarida allaqachon himoya olib bormoqda. Da’vogarlar uni xorijiy hukumatlar bilan ish olib borganlikda ayblamoqda. Bundan tashqari, bir nechta shtatlar mazkur kompaniyaning soliq amaliyotini tekshirish niyatida.
Nashr, shuningdek, Tramp saylov shtabini misol keltiradi. U Amerika prezidentining oxirgi saylovlariga Rossiya aralashuvini o‘rganayotgan AQSh maxsus prokurori Robert Myullerning e’tiborida. Shtabning sobiq rahbari Pol Manafort va Respublikachilar partiyasining to‘rt nafar sobiq maslahatchisi o‘z aybini tan olgan.
Izoh (0)