Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov o‘z kolleksiyasidagi qimmatbaho jihozlarini Moskva sport muzeyiga hadya qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Usmonov 25 nusxadagi shamshir hamda nayzani muzeyga topshirgan. Qurollar milodiy II asrga oid, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, milliarder mazkur kolleksiyasini “ulkan sevgi va ehtiyotkorlik” bilan to‘plagan. Bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodets so‘zlariga ko‘ra, bu shamshirlar butun qilichbozlik — tarixidir.
Ma’lumot uchun, Usmonov 2008-yildan buyon Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)