• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koreyada dinlar kurashi. Bu yosh davlatlarga nimalarni o‘rgatishi mumkin?

    O‘zbekiston ochiqlik va iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ilk qadamlarini qo‘ya boshladi. 2016-yilning dekabr oyidan beri yangi saylangan Prezident tashabbuslari tufayli mamlakat qo‘shnilari bilan aloqalarni tikladi va ichki islohotlar jarayonini boshlab yubordi. Ko‘plab o‘zgarishlar qatorida O‘zbekiston ba’zi mamlakatlar fuqarolari uchun viza olish shartini bekor qildi. Bu xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Jamiyatning bir qismi bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlasa, bir qismi ehtiyotkorlikka chorlamoqda, chunki, ularning aytishicha, O‘zbekistonga nosog‘lom fikrlar ham to‘siqlarsiz kirib kelish imkoni bor. O‘zbekistonlik mutaxassis, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov ikkinchi guruh vakillarining ushbu tahdidlari qay darajada asosli yoki asosli emasligi borasidagi fikrlarini “Daryo”ga taqdim etgan maqolasida bildirib o‘tdi. Uning fikricha, missionerlik faoliyatini yurituvchi tashkilotlar hamda iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi ba’zi guruhlar mamlakatning madaniy-ma’naviy qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu fikrlarini dalillash maqsadida mutaxassis o‘zi yashab turgan Janubiy Koreya tarixidan misollar keltiradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘zbekistonga kelib, “noqonuniy voizlik faoliyati”, maxfiy voizlik va yosh avlodni boshqa dinlarga o‘tkazish ishlari bilan shug‘ullanadigan jamoalar yo‘q emas. G‘arb mamlakatlaridan tashqarida global nasroniy cherkovi rivojlanish barobarida, cherkov rahbariyatida Afrika, Janubiy Amerika, Janubi-sharqiy Osiy va Sharqiy Yevropada missionerlarni jo‘natish tizimlarini rivojlantirish niyatlari mavjud. Global cherkov tomonidan G‘arb dunyosidan tashqariga missonerlarni jo‘natish samarali amalga oshirilishi so‘nggi o‘n yilliklarda Janubiy Koreya mamlakatida kuzatilmoqda. So‘nggi 35 yil ichida Janubiy Koreya nasroniy cherkovi 20 000 dan ortiq missionerni jahonning turli nuqtalariga jo‘natgan.

    Umuman, jahonga ochilib borayotgan mamlakatga sog‘lom kuchlar qatorida missionerlar kirib kelishi ham tarixan kuzatilgan. Quyida mazkur masalada Janubiy Koreya tajribasini o‘rganib chiqamiz. Bu masalaning mohiyatini tushunishga hamda bunday holatlarda qanday chora ko‘rish kerakligini bilib olishga yordam beradi.

    Koreyaga Shimoliy Amerika nasroniyligining kirib kelishi

    Shimoliy Amerika missionerlarining ish uslubi hayratga soladi. Koreyada “metodist” va “presvitarian” ruhoniylar o‘z harakatlarini imkon bo‘lgan har qanday vaziyatda ijtimoiy missionerlik va ko‘chalarda va’z o‘qish usullari bilan 1884-yilda boshlagan. Koreya vakillarini nasroniylikka o‘gira olgan bo‘lsalar-da, ularning ishlari oldlariga maqsad qilib qo‘ygan ommaviy nasroniy diniga o‘tish kuzatilmadi. Koreyaga jo‘natilgan ilk presviterian missionerlar Xitoyning Chefo shahrida ishlagan doktor Jon Nevius nomi bilan atalgan Nevius usulini qo‘llashgan. Ular Xitoyda o‘ziga ko‘mak beruvchi, o‘zini o‘zi ta’minlovchi va o‘zini boshqaruvchi prinsiplaridan olgan cherkov harakatidan kelib chiqqan holda o‘zini o‘zi ta’minlash, ichki zaxiralar yordamida yoyilish, targ‘ibot va’zlarini o‘qish va o‘zini o‘zi boshqarishga asoslangan missionerlik usuli tarafdori bo‘lgan. Bu usul koreyalik erkak va ayollarga tezlik bilan Injilni o‘rgatishga imkon bergan va ular mahalliy ruhoniylar sifatida ishlashga qodir bo‘lgan. Pirovard natijada darhol ichki zaxiralar evaziga faoliyat olib borish cherkovni tezkorlik bilan rivojlantirish uchun ideal sharoit bo‘lib qoldi. Bugungi kunda Koreyada faoliyat olib borayotgan missionerlarning ishlari o‘z e’tiqodlarini tarqatish yo‘lida qo‘rquv yo‘qligi nuqtai nazaridan Shimoliy Amerika missionerlarining usullari kabi hayratomuzdir.

    Foto: Gust of Popular

    Foto: Gust of Popular

    Protestant guruhlarining Koreyada dastlabki yillarda olib borgan ishlari uch asosiy bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich 1884-1891-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda dastlab tibbiy missionerlar Koreyaga kelishgan. Tibbiyot ishi missionerlik uchun juda ijobiy hisoblanadi, chunki shifokorlarda koreyaliklar va Koreya madaniyatiga yaqindan yo‘l ochish uchun imkoniyat mavjud. 1885-yilda missonerlar Koreyada Ixva maktabi deb nomlangan birinchi qizlar maktabini ochgan. Ko‘p koreyaliklar uchun qizlar maktabi eshiklarining ochilishi hayrat uyg‘otgan. Bugungi kunda Ixva ayollar universiteti Osiyodagi eng katta ayollar kolleji hisoblanadi. Ushbu kollej hayoti 1886-yilda missionerlar tomonidan atigi bitta talaba bilan kichik bir maktabga asos solish bilan boshlangan. Dastlab missionerlar qizlar maktabini ochish haqida tavsiyalar berishganda, fikr inkor qilinibgina qolinmay, koreyaliklar tomonidan masxara ham qilingan, chunki Konfutsiy falsafasi asosida yashaydigan bu jamiyatda ta’lim qadrlansa-da, koreyaliklar ayollarga ma’lumot berishdan foyda keladi deb o‘ylashmagan. Odatda boy oilalar qizlari yoshlik davrlarida yolg‘iz hayot kechirishar va jamiyatdagi tartibga ko‘ra ular yosh chog‘larida turmushga chiqishar edi. Kambag‘alroq oilalar qizlari maktabga borishini xohlamas, chunki ular qizlarini raqqosalar sifatida sotishdan foyda olar edi.

    Ixva maktabi o‘qituvchilari koreyalik qizlarni amerikalik xonimlar — ledi qilib emas, oila bekasi sifatida tarbiyalashga urinishar edi. Bu missionerlarga naf keltirar edi, chunki ularning maktablarida olgan ta’lim tufayli bu ayollar o‘z oilalariga nasroniy tarbiyani olib kirar edi. Tahsil tugagach, yangicha ta’lim olgan ayollar o‘z oilalaridagi vazifalariga qaytish imkoniyatiga ega edilar. Yosh qizlar nasroniylik ilmini ota-onalariga ham yetkazishi va ularning qalbiga bu din urug‘ini ekishiga umid bor edi.

    Foto: Ixva ayollar universiteti

    Foto: Ixva ayollar universiteti

    Boshqa missionerlik guruhlari ham shu yo‘ldan borgan. Dastlab kelgan amerikalik missionerlar guruhlari orasida Andervud oilasi Yonsey universiteti asoschilaridan biri bo‘lgan. Yonseyning birinchi nomi Chosun Injili kolleji bo‘lgan. Hozirgi kunda universitet Janubiy Koreyadagi eng nufuzli uch OTM qatorida bo‘lib, doimo QS Jahon universitetlarining nufuzi jadvalida 100 likdan joy oladi.

    Chet mamlakatlarga chiqishga taqiq bekor qilingach, koreyalik missionerlar uchun yangi eshiklar ochildi

    1988-Olimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgach, hukumat koreyaliklarga chet ellarga erkin sayohat qilish uchun ijozat berdi. Jinoiy ish qilgani uchun sudlanmagan bo‘lsa, har qanday Koreya fuqarosi pasport olib o‘z xohishi bilan chet elga chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Bu burilish nuqtasi bo‘ldi — shu paytdan boshlab Koreya missionerlari o‘z vakillarini jahon bo‘ylab jo‘nata boshladi.

    1990-yilda Mixail Gorbachyov SSSR parchalanishini e’lon qilgach, missionerlik ishi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining eshiklari keng ochildi. U mamlakatlarda 1937-yilda Stalin tarqatib yuborgan etnik koreys xalqiga mansub odamlarning 500 000 nafari yashayotgan edi. Ikki yildan keyin Koreya va Xitoy diplomatik aloqalar o‘rnatdi, xuddi Markaziy Osiyoda bo‘lgani kabi, Koreya missionerlari Xitoyga qadam qo‘ydi, u yerda esa allaqachon 2,7 million koreys yashar va Koreyadan kelgan missionerlarga yordamga shay edi.

    Koreya jahonda missionerlarni “eng ko‘p eksport qiluvchi” davlatlarning ikkinchisi

    Janubiy Koreya jahon bo‘ylab missionerlarni eng ko‘p jo‘natuvchi mamlakatlardan biri ekani, bu borada Qo‘shma Shtatlardan keyin ikkinchi o‘rinda turishi ko‘pchilikni hayron qoldirishi mumkin. Global missionerlik harakatini o‘rganish bo‘yicha ekspertlarning aytishicha, so‘nggi yarim asr davrida Janubiy Koreya missionerlarining nasroniylikni tarqatish ishida qo‘shgan hissalari kishini lol qoldiradi. 1974-yili Koreya cherkovlari rasman 24 missionerlik guruhlarini dunyo bo‘ylab jo‘natishgan va 44 yildan keyin bugunga kelib 28 000 Koreyadan kelgan missioner dunyoning 170 mamlakatida xizmat ko‘rsatmoqda.

    Koreyalik missionerlar Filippinda. Foto: Birlashgan metodistlar cherkovi

    Koreyalik missionerlar Filippinda. Foto: Birlashgan metodistlar cherkovi

    1885-yil holatiga ko‘ra mamlakatning atigi 1 foiz aholisi nasroniy diniga rioya qilar edi. Missionerlar Koreya yarim oroliga dastlab yetib kelganlaridan 133 yil o‘tgach, Janubiy Koreya aholisining choragidan ko‘proq qismi nasroniy diniga mansub. Ularning aksariyati protestantlik yo‘nalishiga e’tiqod qiladi. 2017-yildagi dindorlik haqida raqamlarlada keskin o‘zgarish kuzatiladi. Borgan sayin materialistik g‘oyalar tarafdorlari ko‘payib bormoqda va bugunda Koreya aholisining yarmidan ko‘prog‘i ateistlardir. Faqat 46,7 foiz aholi dindor. Hozir 20,3 foiz aholi nasroniy, 19,6 foiz aholi buddist. Ularning o‘rni almashdi. Bugungi kunda Koreyada budda e’tiqodi yetakchi din deyish amrimahol.

    Koreyada nasroniylik dini vakillari o‘z e’tiqodlarini buddistlarga ko‘ra faolroq va agressivroq tashviqot qiladi. Koreyada cherkovlar soni juda ham ko‘p, nasroniylar o‘z ishlarini nisbatan yaxshiroq yo‘lga qo‘ygani va muntazam bir-biri bilan muloqot qilishi, yordam berishiga o‘zim guvoh bo‘lganman. Ular o‘smirlar va umuman yosh avlodni qay usulda o‘z tomoniga tortishni biladi.

    Buddizm diniga nazar solsak, holat bunaqa emas. Odatda buddaviy ibodatxonalar Koreyaning tog‘li hududlarida joylashgan, Seul shahrining ba’zi maxsus joylaridan tashqari, turar joylarga yaqin hududlarda bunday ibodatxona topish amrimahol. Ya’ni, bu ma’noda geografik yaqinlik, kirish va borishning oson va qulayligi juda muhim rol o‘ynaydi.

    Foto: Yelp

    Foto: Yelp

    Bugungi kunda Seul ulkan cherkovlar soni bo‘ycha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Haqiqatan ham, dunyoning eng katta 10 cherkovning oltitasi Janubiy Koreyada joylashgan. 2012-yilda, hukumat rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 77 000 protestant cherkovi mavjud ekan, ya’ni ularning soni o‘sha davrda mamlakatda faoliyat yuritayotgan tunu-kun ishlaydigan do‘konlarning sonidan uch barobar ko‘p ekan.

    Janubiy Koreyada cherkovlar o‘z vakillariga boshqa mamlakatlarga qisqa muddatli missionerlik tashrifi buyurishi uchun qulaylik yaratadi. Bunday mamlakatlar sirasiga Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston ham kiradi. Koreya cherkovlari o‘z a’zolarini yozgi ta’til vaqtlaridan chet mamlakatlarga tanishish sayohatlari uyushtirish va qisqa muddatli missionerlik ishlarini tashkil qilish uchun foydalanadi. Bunday sayohatlardan qaytib kelgan yoshlar odatda o‘zlarini missionerlik ishiga bag‘ishlaydi.

    Ba’zi cherkovlarning falsafasi quyidagicha: agar cherkovning ishlari yaxshi va kuchli bo‘lsa, bunday cherkov missionerlarni joylarga jo‘natib, cherkovning ishini dunyo bo‘ylab tarqatishi lozim. Shuning uchun ko‘plab missionerlik jamoalari Koreya cherkovlari tomonidan qariyb musobaqa tarzida jo‘natilgan.

    Missionerlarini dunyoning turli burchaklariga jo‘nata olgan cherkovlar bundan faxrlanadi, missioner jo‘nata olmagan cherkovlar esa o‘z holatlaridan uyalishadi. Shuningdek, cherkov va u cherkov jo‘natgan missionerlik jamoasi orasida mustahkam aloqa mavjud bo‘ladi.

    Siyosiy bo‘shliq tufayli Koreyada nasroniylikning tarqalishi

    Koreyada o‘z ildizlarini 688-yildan beri ota boshlagan buddizmni nasroniylik nari borsa uch yuz yil ichida orqada qoldirgani albatta chuqur taassurot qoldiradi. Dastlabki protestant missionerlar ushbu mamlakatga XIX asrning oxirida kelgan, Koreya davlat boshliqlariga urush davrlarida ta’lim bergan, urushdan holdan toygan va ikki qarama-qarshi tomonga bo‘lingan millatga yordam berish fursatidan unumli foydalangan. Endilikda Janubiy Koreya jahonda eng ko‘p nasroniylik ummati borligi bilan e’tirof etiladi: 1973-yilda buddistlikdan nasroniylikka o‘girilgan bir ruhoniy tomonidan asos solingan 1 000 000 dindor bor ulkan Yoido to‘la Injil cherkovi (Yoido Full Gospel Church). Ta’kidlash joizki, ushbu cherkov o‘zining 5 000 “yo‘ldosh” cherkovlarini tashkil etgan. Ular koreys tilidan tashqari olti tilda ibodatlar uyushtirishiga qaramay, atigi 43 000 ibodat qiluvchisi bor.

    Din bilan odatda sodir bo‘lganiday, nasroniylik o‘z imkoniyatidan siyosiy bo‘shliq paydo bo‘lgan zahoti foydalanib oldi: 1910-yilda Choson sulolasi mag‘lubiyatga uchrab, Koreya Yaponiyaga qo‘shib olingach, mustamlaka ostida qolgan koreyaliklar o‘z milliy belgilari parchalanib ketishini, zo‘rlik bilan yapon tili va odatlari joriy qilinishini dahshat bilan kuzatdi. Koreya urushida AQSh harbiylari ta’sirida ko‘plab koreys askarlar xizmat davrida nasroniylikni qabul qilgan.

    Yangi din Koreya qadriyatlarining yemirilishini anglatadimi?

    Ba’zi odamlarda fundamental nasroniylar “koreyaga xos” qadriyatlar va xazinalarni yemirishga harakat qiladi degan shubha mavjud. Ba’zi radikal niyatlardagi cherkovlar “samulnori”larni — an’anaviy dehqonlar qo‘shiqlarini kuylovchi guruhlarni ommaviy chiqishlarda man qilgan. Go‘yoki kelib chiqishi shomonlikka taqaladigan musiqa shaytonni uyg‘otarmish. Boshqa ba’zi nasroniy guruhlar ota-onalari va oila a’zolari buddist bo‘lgan koreyaliklar uchun juda muhim bo‘lgan oilaviy aloqalarni parokanda qilgan, chunki, ularning fikricha, g‘ayridinlarning barchasi do‘zaxga borarmish. Yana bir qism cherkov ummati ko‘chalarda yo‘lovchi odamlarni to‘xtatib, ularning ruhini qutqarish haqida qayg‘urishini uqtiradi, turli broshyuralarni tarqatadi; alohida olingan bitta odamning orqasidan bir necha uydan o‘tguncha, u ular bergan narsani olmaguncha boradi va shundan keyingina uni o‘z holiga qo‘yadi. Ba’zi cherkovlar a’zolariga begonalar bilan turmush qurishni taqiqlaydi. Dindorlarning yangi avlodi va ota-onalari orasida asosiy farq — ular dinni odatiy meros sifatida emas, balki ongli ravishda qabul qiladi; buning natijasida ular o‘z buddaviy yoki ateist oilalaridan ajratib olingan yoki nasroniylik hayotiga bo‘lgan muhabbatlari tufayli o‘z xohishlari bilan oilalarini butunlay tark etgan.

    Koreys nasroniylarining Nyu-Yorkdagi cherkovi. Foto: Yelp

    Koreys nasroniylarining Nyu-Yorkdagi cherkovi. Foto: Yelp

    Din masalasiga kelganda ko‘p hollarda koreyaliklarni “instrumentalistlar” deb tanqid qilishadi; boshqacha aytganda, bu xalq dinga o‘z maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan bo‘lsa qo‘shilishadi. Masalan, Koreyadagi ulkan cherkovlar yolg‘iz odamlar, xususan, oilalaridan alohida yashaydiganlar uchun ko‘psonli odamlar bilan aloqa o‘rnatish uchun juda qulay vosita hisoblanadi.

    Bir-biriga chambarchas va yaqin bog‘liq bunday jamoalar tashqi dunyodan bexabar qolib, o‘z qobig‘ida qolib ketishga olib kelishi mumkin. Cherkov girdobiga kirib qoldingizmi, undan chiqib ketish juda qiyin. “Qochoqlar” birodarlar orasida barmoq bilan ko‘rsatilib, “yomon” nasroniy xulq yoki “suyukli birodarlar va opa-singillarning” salbiy namunasi sifatida tanqid qilinadi. Injilni ko‘rsatilganday o‘qiy olmaganlar, ruhoniyning fikriga qo‘shilmaganlar, yoki o‘z daromadlarining talab qilinadigan 10 foiz cherkov hisobiga to‘lamaydiganlar (ularni “sipilo” deb atashadi) cherkovdan begona qilinishini his qilishi mumkin.

    Kunlik ish vaqti 14 soat davom etishi me’yor hisoblangan jamiyatda og‘ir mehnat va to‘laligicha sadoqat e’tiqod hayotini hal qiluvchi omillaridir. Ko‘plab cherkov a’zolari og‘ir ish, oila va cherkovning haddan ziyod talablariga bardosh bera olmayotganliklarini tan olgan. Aksar ulkan cherkovlar “qisman a’zo bo‘ladigan a’zolarga” ham e’tibor beradi. Missionerlik ishi kuchli targ‘ib qilinadi va mahalliy aholi orasida “Injilga o‘girish” vazifa hisoblanadi.

    Cherkovlarning iqtisodiy mavqei

    Koreya cherkovlarida 10 foiz “majburiy” ulush — “desyatina” mavjud, ular, cherkov a’zolari oylik ish haqidan va u ish haqining hajmidan qat’iy nazar, majburiy hisoblanadi. Aytaylik, Yoido to‘liq Injil cherkovidagi a’zolarning har biri yiliga 24 000 dollar miqdorida eng kam maosh oladi. Bir milliondan ortiq a’zolaridan bir oyda cherkovning faqat asosiy qismidan “ulush” to‘lovlari 200 million dollarni tashkil qiladi. Bu pulning bir qismi Seuldagi 10 qavatli Injil markazi va televideniye studiyasiga sarflansa-da, bu juda katta pul, va ko‘p cherkovlarda bu xayr-ehson emas, balki majburiydir.

    Gotik me’morchiligi yoki boy rangli rang-barang liboslar yoki tinchlantiruvchi xushbo‘ylardan voz kechish bilan zamonaviy Koreya cherkovi plastik materialdan yasalgan poydevorlar orqasida o‘rnatilgan katta ekranlarga va yaxshi onlayn veb-saytlarda va’zxonlik qilinadi. Ko‘pgina cherkov binolari ko‘pincha yaqin atrofdagi ofis komplekslaridan farq qilmaydi. Albatta, haqiqiy iymon ajoyib moddiy namoyish bilan aralashtirilmasligi kerak, biroq Janubiy Koreyaning yoshi katta avlodi — hatto o‘zlarini hech qanday din bilan aloqasi bo‘lmagan ayrim yoshlar ham — hozirgi paytda rangli Koreya an’analarini asrab qolish uchun kurashishi kerak degan fikr mavjud. Masalan, samulnori, dehqonlar raqsi va shomonlik unsurlari turistlarga tanishtiriladigan birinchi narsalar bo‘lmasdan, aksincha, ommaga keng targ‘ib qilinadigan din madaniyati ko‘rsatiladi, bular esa Koreya tarixini anglatmaydi ham, sayyohlarga mamlakatning o‘ziga xosligini singdirmaydi ham.

    Dinning siyosatga ta’siri

    Uzoq vaqtdan beri Janubiy Koreya protestantlari siyosiy g‘oyalari bir xilligi tufayli mamlakatning o‘ng qanot siyosatdonlarining ishonchli tarafdorlari bo‘lib kelmoqda. Gullab-yashnashga eltuvchi Injil va kommunizmga qarshi sobit muxolifat Janubiy Koreyadagi ko‘plab yevangelist ruhoniylarining tamal toshi bo‘lib kelmoqda — bu ular tijoratchilar tarafdorlari va Shimoliy Koreyaga qarshi siyosatdonlar bilan hamfikr ekanliklarini anglatadi.

    Amerikalik hamkasblaridan farqli o‘laroq, Janubiy Koreya siyosatchilari o‘z saylovoldi xatti-harakatlarida o‘z e’tiqodlari yoki qarindosh-urug‘lariga ishonmaydi; shunday qilsa edi, saylovchilarning jiddiy qismini yo‘qotgan bo‘lardi, chunki prezidentlikka nomzodlar “barcha koreyaliklarning prezidenti bo‘lishga niyat qilganliklarini yoddan chiqarmasliklari lozim”. Sobiq prezident Li Mun Bak bundan mustasno: u Seuldagi Gangnam tumanidagi ulkan konservativ cherkovda rahbarlardan biri bo‘lgan. Uning raqiblari ushbu cherkovning saylovchilarga juda kuchli ta’sir o‘tkazganligini e’tirof etgan.

    Prezident lavozimida korrupsiya mojarolari ortida, ko‘plab yoshlar turli bu qoidabuzarliklar to‘g‘ridan to‘g‘ri siyosiy va tijorat elitasiga yo‘naltirilgan degan fikrda emas; bular katta katta nasroniy guruhlar o‘z a’zolarini yo‘qota borayotganining qisman sababi hamdir. Bunday ulkan cherkovlarning aksariyati pul va hukumat botqog‘iga botgan. Cherkov ruhoniysi cherkov a’zolarini, siyosiy rejasi kuchsiz bo‘lganligi sababli saylovda yutib chiqmasa-da, u yoki bu nomzodga ovoz berishini so‘rashi mumkin.

     

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    14.12.2018, 18:24   Izoh (0)   80002
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.