Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya nimadan qo‘rqishini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida qayd qoldirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ukraina prezidenti Moskva qo‘rquvlari qatorida Ukraina “yaxlitligi va birdamligi”, shuningdek, Kiyevning Donbass, Qrim va Azov dengizidagi xalqaro hozirligini sanab o‘tdi.
“Uchinchidan, Putin (Rossiya prezidenti) Ukrainaning Yevropadagi muvaffaqiyatiga nafrat bilan qaraydi”, — deya xulosa qildi Poroshenko.
Izoh (0)