AQSh harbiy-dengiz kuchlari maxfiy operatsiyalar uchun “Titanik” qidiruvini olib borgan. Bu haqda CBS News’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, okeanograf Robert Ballard amerikalik harbiylar bilan izlash ishlarida ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, qurolli kuchlar Ballardga kemani izlash ishlarini tashkil qilishda yordam bergan. Buning evaziga olim AQShning cho‘kib ketgan ikkita suvosti kemasini topishi kerak bo‘lgan.
Operatsiya o‘ta maxfiylik sharoitida olib borilgan, chunki amerikalik harbiylar SSSR suvosti kemalari ularni payqab qolishidan xavfsiragan.