Turkiya Suriya bilan chegaraga harbiy texnika va maxsus topshiriqli otryadlarni joylashtirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
TRT telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Turkiya harbiy texnikasi Xatay viloyati tomonga yo‘l olmoqda.
Ta’kidlanishicha, texnika va maxsus topshiriqli otryadlar viloyatning chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlariga joylashtiriladi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyada harbiy operatsiya boshlanishi haqida e’lon qilgan edi.