Britaniyaliklarning aytishicha, giyohvandlik moddalari savdosidan olingan mablag‘lar Yaqin Sharqda terrorizm homiyligiga yo‘naltiriladi, deya xabar berdi “Liga”.
Ummon ko‘rfazida Britaniyaning qirollik flotiga qarashli HMS Dragon kemasi tomonidan mahalliy quruq yuk tashiydigan kema to‘xtatilib, undan qiymati ikki million AQSh dollar bo‘lgan giyohvandlik moddalari qo‘lga olindi.
Giyohvandlik moddalari orasida yarim tonna geroin va to‘qqiz kilogramm metamfetamin bo‘lgan.Mahalliy bozorda ushbu moddalarning narxi ikki million AQSh dollarini, Britaniyada esa bir necha bor ko‘proqni tashkil qiladi.