Moskvada ukrainalik jurnalist ayol Yelena Boyko yo‘qolib qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Boykoning uyiga o‘zini uchastka inspektori deb tanishtirgan erkak, shuningdek, yana ikki nafar politsiyachi va bir nafar fuqaro kiyimidagi kishi kelgan.
Ular Boykodan suhbat uchun politsiya bo‘limiga borishni so‘ragan, shundan keyin ayol yo‘qolib qolgan.
Boyko telefonini uyida qoldirib ketgan va qarindoshlarining uni topishga bo‘lgan urunishlari befoyda ketgan. Jurnalist haqida ikki sutkadan buyon hech qanday ma’lumot yo‘q.