Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Eski Charxin posti yonida temiryo‘l ustidagi ko‘prik avariya holatga tushib qolgan, deya ma’lum qildi “Xabar.uz”.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prik Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi” avtomobil yo‘liga borib tutashadi.
“Bu yo‘ldan kuniga minglab yengil va og‘ir yuk avtomobillari qatnaydi. Yo‘lning hozirgi holati esa juda xavfli va ayanchli. Ko‘prikdan yurak hovuchlab o‘tasiz, mashinangiz g‘ildiragi tushib ketar darajada betonlarda yoriqlar paydo bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.
Hozirda ko‘prikning o‘ta yaroqsiz holatdagi qismi yopib qo‘yilgan, og‘ir yuk mashinalari va yengil mashinalar ko‘prikdan bir tomonlama harakatlanmoqda.
Izoh (0)