O‘zbekiston Muborak gazni qayta ishlash zavodi (GQIZ)dagi propanbutanli qorishma olish uchun qo‘llaniladigan amaldagi uskunalarni modernizatsiya qilishning texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqladi. Bu haqda “Podrobno” xabar berdi.
Loyihaning umumiy qiymati 15 million AQSh dollardan ortiq bo‘lib, ushbu mablag‘lar “O‘zbekneftgaz” tomonidan yo‘naltiriladi. Obyektlarni ishga tushirish 2019-yilning sentabr oyiga mo‘ljallangan.
Bugungi kunga qadar Muborak GQIZ uskuna va butlovchi mahsulotlarni yetkazib berishga ishlab chiqaruvchilar bilan 10 million AQSh dollarga shartnoma tuzdi.
Loyihani amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yillik hajmi 281,5 ming tonna siqilgan gazga yetadi, o‘sish 23,2 ming tonnani tashkil qiladi, 90,7 ming tonna gaz kondensati, 7,5 ming tonnaga o‘sadi.Loyiha natijasida har yili 31,7 ming tonna mahsulot eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Muborak GQIZ 1971-yilda faoliyat boshlagan. Ayni damda zavodda yiliga 260 ming tonna siqilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega uch yo‘nalish mavjud.
Izoh (0)