Britaniya moda kengashi The British Fashion Council “Yil modeli” unvonini amerikalik model Kaya Gerberga topshirdi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
British Fashion Awards 2018 taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan. Afsonaviy supermodel — Sindi Kroufordning 17 yoshli qizi Kaya Gerberdan tashqari, unvonning 2017-yildagi sohibi britaniyalik Advoa Aboax, sudan-avstraliyalik model Adut Akech, amerikalik Bella Xadid va kanadalik fotomodel Vinni Xarlou g‘oliblik uchun kurashgan.
Mukofotni Gerberga britaniyalik qo‘shiqchi Rita Ora topshirgan.
Izoh (0)