6-dekabr Yaponiya sohillarida AQShning harbiy transport yoqilg‘i quyuvchi samolyotining McDonnell Douglas F/A-18 Hornet bombardimon-qiruvchisi bilan to‘qnashib ketish oqibatida besh nafar harbiy xizmatchidan tarkib topgan ekipaj a’zosi halok bo‘lgan deb topildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “qidiruv operatsiyasi yakunlandi”, KS-130 ning besh nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan deb topildi.Ikki samolyot ham AQShning Yamaguti perfekturasidagi aviabazada ro‘yxatda turadi. To‘qnashuv yoqilg‘i quyish vaqtida Sikoku orolida sodir bo‘lgan. Ikki samolyot bortida hodisa vaqtida yetti kishi bo‘lgan. Hornet’ning ikki nafar uchuvchisi ertalab topilgan, ulardan biri keyinroq halok bo‘lgan.
Izoh (0)