Turkmaniston hukumati fuqarolarga Yangi yil bayrami bezagi sifatida kirib kelayotgan yilning ramzi bo‘lgan cho‘chqa tasviri va shakllaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda “Kaktakto” xabar berdi.
Rasmiy taqiq yo‘q, biroq Ashxobodda kirib kelayotgan yil ramzining suratlari mavjud emas.
Xabar berilishicha, 2017-yilning oktabr oyidan boshlab 2018-yilning ramzi bo‘lgan itning tasviri tushirilgan bezaklar va kalendarlar sotuvga chiqqan edi.
Bir necha kun avval Turkmaniston prezidenti hukumatdan poytaxtni milliy turkman uslubida, shuningdek, turkman ertaklari uslubida bezashni talab qilgan, biroq cho‘chqa tasviriga taqiq haqida gapirmagan.
Mahalliy kuzatuvchilar cho‘chqa tasvirining ko‘rinmayotganini prezidentning cho‘chqaga nisbatan mavjud bo‘lgan taqiqi bilan bog‘lamoqda.
Izoh (0)