Ukraina Oliy Radasi deputati Igor Mosiychukning ma’lum qilishicha, Kerch bo‘g‘ozi ustida qurilgan ko‘prik Ukraina uchun dushman transport infratuzilmasi hisoblanadi, shuning uchun u yo‘q qilinishi kerak. Bu haqda “Obozrevatel” xabar berdi.
Deputatning qayd etishicha, ko‘prik Qora va Azov dengizining darvozasi hisoblanadi, Ukraina hukumati o‘zining yetarlicha bo‘lmagan harakatlari va tajovuzkor davlatning oldinga tashlangan qadamini ilg‘amasdan, bu darvozani qurishga imkon berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik yo‘q qilinishi kerak, Ukraina uning qurilishiga ruxsat bermagan.
Mosiychukning ta’kidlashicha, ko‘prik “Ukrainaning bosib olingan yerini (Qrim)” Rossiyaning materik qismi bilan bog‘laydi. “Ukrainaga qarshi, dushman infratuzilmasi yordamida, aynan Kerch ko‘prigidan tajovuz amalga oshirilgan”, — deydi deputat.
“Biz urush holatidamiz! Ukrainalik diversantlar, kavkazlik isyonchilar, o‘zga sayyoraliklar, parvardigor… Nima qilib bo‘lsa ham, ko‘prik yo‘q qilinadi”, — dedi Mosiychuk ko‘prikning vayron bo‘lishiga aynan tabiiy ofat sabab bo‘lishiga umid qilar ekan.
Izoh (0)