Irkutsk viloyatining Yuqori Kukut qishlog‘ida 6-dekabr tongida sovuqda muzlab o‘lgan, 6 yoshli bolaning jasadi topilgan. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar berdi.

Foto: Unsplash

Ma’lum bo‘lishicha, ota-ona qishloqdagi maktabda chiqqan yong‘inni o‘chirishga ketgan. Bola esa katta qizning qarovida qolgan. Tongda esa, uydan 300 metr narida bolaning sovuqda muzlab qolgan tanasi topilgan.

Tergov tavsilotlariga ko‘ra, bola oynadan oshib, ko‘chaga chiqiqan. Biroq, buvasining uyiga yetib bormasdan, yo‘lda muzlab, o‘lib qolgan.