AQShning 41-prezidenti katta Jorj Bush bilan vidolashuv marosimi 3-dekabr, dushanba kuni Kapitoliy markaziy rotonida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi .
Jorj Bush tobuti Xyustondan (Texas shtatidan) Vashingtonga olib kelindi. Harbiylar miltiqdan o‘q otib, prezidentni so‘nggi yo‘lga kuzatib qo‘ydi. Jorj Bush tobuti Kapitoliyning markaziy zaliga joylandi.
Prezidenti so‘nggi yo‘lga kuzatildi administratsiya va Vashingtonning yuqori martabali shaxslari ishtirok etdi.
Bush Texas qishloq xo‘jaligi va mashinsozligi unversitetining prezidentlar kutubxonasi hududida dafn etiladi. Xuddi shu yerga, siyosatchining aprelda qazo qilgan 92 yoshli turmush o‘rtog‘i va uch yoshligida o‘lib qolgan qizining xoki sochilgan.
Katta Bush o‘tgan juma kuni 94 yoshida vafot etdi. 1989—1993-yillarda AQShda prezident bo‘lgan katta Jorj Bush “sovuq urush”ning, Berlin devori qulashining, SSSR tarqalishi, Fors bo‘g‘ozida birinchi urushning ishtirokchisi va guvohiga aylangan.
Izoh (0)